Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda 2020 yilda qancha ish o‘rni yaratildi?

Samarqand viloyatida joriy yil 21 805 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar-noyabr oylari davomida 18 424  ta loyihada 27 245 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Shundan:

- tarmoq investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga 89 ta;

- hududiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga 4089 ta;

- ijtimoiy infra tuzilmani rivojlantirish hisobiga 477 ta;

- yangi kichik korxona va mikro-firmalar tashkil etish hisobiga 10474 ta;

- yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 12 116 ta ish o‘rinlari tashkil etildi.

Misol uchun:

- Jomboy tumanidagi “Maroqand meva-sabzavot” MChJda 150 ta ish o‘rni;

- Ishtixon tumanidagi “Zarband meva eksport” MChJda 30 ta ish o‘rni;

- Paxtachi tumanidagi “PAXTACHI KLASTER” MChJda 80 ta ish o‘rni;

- Samarqand shahridagi “JASMINA CARPET” MChJda 65 ta ish o‘rni;

- Urgut tumanidagi “Urgut Maruf Xoji” MChJda 130 ta ish o‘rinlari yaratildi.

Viloyat bandlik bosh boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, yil yakuni bilan yana qo‘shimcha 13 920 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi hisobiga 41 165 ta ish o‘rinlari yaratiladi.