Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda 21-27 mart kunlari “Teatr tomoshalari haftaligi” o‘tkaziladi

27 mart - Xalqaro teatr kuni munosabati bilan Samarqand viloyati musiqali drama teatrida 21-27 mart kunlari “Teatr tomoshalari haftaligi” bo‘lib o‘tadi.

Unda 105-mavsumning eng sara spektakllari - “Mirzo Ulug‘bek”, “Samarqandnoma”, “Samarqand sayqali”, “Na malaksan, na farishta” (“Mashrab”), “Qirol Lir”, “97-xona” va “Tanho yulduz” drama, komediya va musiqiy asarlar bepul namoyish etiladi.

Shuningdek, 2020 yilning 21-27 mart kunlari Samarqand viloyati musiqali drama teatrida o‘tkaziladigan “Teatr tomoshalari haftaligi” doirasida ijodiy uchrashuvlar, teatr muzeyiga tashriflar, teatr rassomlarning ko‘rgazmalari tashkil etiladi.