Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda 25 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, 16 nafar bemor tuzaldi

2021 yil 14 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 85 730 (+227) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Yangi kasallanish holatlarining:
📌 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌 2 nafari Andijon viloyatida,
📌 8 nafari Buxoro viloyatida,
📌 3 nafari Jizzax viloyatida,
📌 2 nafari Navoiy viloyatida,
📌 3 nafari Namangan viloyatida,
📌 25 nafari Samarqand viloyatida,
📌 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌 3 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌 2 nafari Xorazm viloyatida,
📌 42 nafari Toshkent viloyatida,
📌 129 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida respublikamiz bo‘yicha 198 nafar bemor tuzaldi, shulardan 16 nafari Samarqand viloyatidan. Respublikamiz bo‘yicha kasallikdan sog‘aygan bemorlar soni 83 462 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1634 nafar bemordan 229 nafari og‘ir, 104 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.