Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda 3 ta “medkollej” qoladimi?

Yaqinda Zarnews.uz saytida 2020/2021 o‘quv yilidan Samarqand tayanch tibbiyot koleji va Urgut tibbiyot kolleji Samarqand  davlat  tibbiyot instituti huzurida, Siyob tibbiyot kolleji Toshkent tibbiyot akademiyasi huzurida texnikum sifatida qayta tashkil etilishi haqida o‘qidim. Samarqanddagi boshqa tibbiyot kollejlari-chi, ular yopiladimi?

S.Axtamova.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrda qabul qilingan “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, haqiqatdan ham Samarqanddagi uchta tibbiyot kolleji texnikum sifatida qayta tashkil etiladi.

So‘zangaron tibbiyot kolleji, Kattaqo‘rg‘on tibbiyot kolleji, Ishtixon tibbiyot kolleji, Payariq tibbiyot kolleji, Paxtachi tibbiyot kolleji, Past Darg‘om tibbiyot kolleji O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufiga o‘tkazilib, o‘rta professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasasi, ya’ni kollej sifatida faoliyat ko‘rsatadi.

Bu kollejlarga kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.