Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda 4 metrli chuqurga tushib ketgan uy bekasiga yordam ko‘rsatildi

Hodisa kecha, 14 mart kuni Samarqand shahrining Go‘ro‘g‘li ko‘chasida joylashgan uylarning birida sodir bo‘lgan.

Bir kun oldin uy egasi 4 metrli chuqur qazigan, ammo bu chuqurni yopish choralarini ko‘rmagan. Shu orada bog‘ tomon yo‘l olgan 52 yoshli N.T. ismli uy bekasi chuqurni ko‘rmay qolib, unga tushib ketgan.

Hodisaga guvoh bo‘lgan fuqarolar zudlik bilan viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qutqaruv guruhiga qo‘ng‘iroq qilishgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bir necha daqiqa davom etgan qutqaruv jarayonlari natijasida fuqaro chuqurdan olib chiqildi.

Uy bekasining voqea sababli qo‘rqib ketganligini hisobga olmaganda, u jiddiy jarohat olmagan va shu sababli tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilinmagan.