Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda 4 nafar fuqaro koronavirus yuqtirgan

2021 yil 6 fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 79098 (+53) nafarni tashkil etmoqda.

🔴 Yangi kasallanish holatlarining:
📌 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌 1 nafari Jizzax viloyatida,
📌 3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌 2 nafari Namangan viloyatida,
📌 4 nafari Samarqand viloyatida,
📌 5 nafari Xorazm viloyatida,
📌 10 nafari Toshkent viloyatida,
📌 26 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

♻️Kecha kun davomida:
📌Buxoro viloyatida 3 nafar,
📌Toshkent viloyatida 9 nafar,
📌 Toshkent shahrida 20 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 77 522 (+32) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

❗️ Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 955 nafar bemordan 153 nafari og‘ir, 29 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.