Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda 6 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Foto: Kun.uz

Samarqand shahridagi Mirzo Ulug‘bek va Mahmud Koshg‘ariy ko‘chalari kesishgan chorrahada mashinalardan birining yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol tarzda buzishi oqibatida 6 ta avtoulov ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

Ulug‘bek ko‘chasida harakatlanayotgan "Lacetti" Koshg‘ariy ko‘chasidan chorrahaga chiqib kelgan "Nexia-2" bilan to‘qnashib, ko‘chaning qarama-qarshi tomonidagi bir nechta mashinaga borib urilgan.

Mazkur yo‘l-transport hodisasida yengil shikastlangan "Orlando" va "Captiva" mashinalarining haydovchilari voqea joyidan ketib qolgan.

"Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q, - deya xabar berdi Samarqand viloyati IIB axborot xizmati. - Hozirda voqea joyida YHXB xodimlari surishtiruv ishlarini olib bormoqda".