Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda 900 dan ziyod tashqi reklama vositalari qonun talablariga javob bermaydi

“Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlar talabiga mos kelmagan Samarqand shahridagi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida 438 ta, Beruniy ko‘chasida 124 ta, Bo‘stonsaroy ko‘chasida 105 ta, Afrosiyob ko‘chasida 88 ta, Alisher Navoiy ko‘chasida 103 ta, Qorasuv massivida 73 ta peshlavha, reklama, narxnoma, e’lon va boshqa axborot matnlari olib tashlandi.

Bu viloyat va shahar hokimligi, viloyat monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida tuzilgan ishchi guruh tomonidan Samarqand shahridagi ko‘chalarda joylashtirilgan tashqi reklama vositalari holatini o‘rganish davomida amalga oshirildi.

Shuningdek, viloyat hokimligi va “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi tomonidan Samarqand shahrida o‘rnatiladigan uy raqamlari, ko‘cha nomlari, ko‘rsatkichlarni o‘rnatish bo‘yicha loyihalar tayyorlanishi belgilangan. Hademay bu ishlarga kirishiladi.

Akbar Xudoyqulov,

viloyat monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi reklama faoliyatini tartibga solish bo‘lim boshlig‘i.