Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda 9550 bosh qoramol identifikatsiya qilingan

Viloyat aholisini zoonoz kasalliklardan himoya qilish, hayvonlarini o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarini chetdan kirib kelishi va mavjud tabiiy o‘choqlardan kelib chiqishining oldini olish maqsadida davlat veterinariya xodimlaridan iborat 128 ta epizootik guruhlar tashkil etilgan.

Ular tomonidan joriy yilning birinchi yarmida 9 million 505 ming boshdan ortiq hayvonlarga 36 turdagi epizootik tadbirlar amalga oshirilgan. Bundan 291 ming 46 bosh hayvonlarda 14 turdagi diagnostik tadbirlar, 1 mln 15 ming bosh hayvonlarga 4 turdagi klinik tekshirishlar va 8 mln 66 ming boshdan ortiq hayvonlarda 18 turdagi profilaktik tadbirlar amalga oshirilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 sentyabrdagi 748-sonli qarori “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish va hisobdan chiqarish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 315 ta chorvachilik fermer xo‘jaliklari bilan 12 220 bosh yirik shoxli hayvonlarni identifikatsiya qilish uchun shartnomalar imzolangan. Bugungi kungacha 9550 bosh qoramollar, 198 bosh mayda shoxli mollar identifikatsiya qilingan.