Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda befarqlik 4 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

28 mart kuni soat taxminan 11:00 larda Samarqand shahri Maqsud Shayxzoda mahallasi, Lohutiy ko‘chasi 31-uyda vaqtincha yashovchi 5 nafar fuqaro xonadonida o‘rnatilgan isitish pechi (golland pechi) dan is gazi ajralib chiqishidan zaharlangan.

Oqibatda 4 nafar fuqaro vafot etib, 1 nafari kuchli zaharlanish alomatlari bilan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi Samarqand filialiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Viloyat prokuraturasi barchani gazdan zaharlanish bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda yuzaga kelish omillarini bartaraf etish tadbirlarida ogohlik va faollikka chaqirgan.