Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda bir guruh og‘ufurushlar qo‘lga olindi

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyat boshqarmasi va boshqa huquq-tartibot idoralari hamkorligida o‘tkazilgan tadbir davomida 3,5 kilogramm narkotik moddalari, 1522 dona «Tramadol» narkotik dori vositasi va boshqa psixotrop dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi.

Xususan, kattaqo‘rg‘onlik F.Sh., N.N., M.F., ishtixonlik T.E. va urgutlik Q.F.dan 3,3 kilogramm "marixuana” giyohvandlik moddalari ashyoviy dalillar bilan olib qo‘yildi.

Yana bir o‘tkazilgan tadbirda 100 gramm “opiy” giyohvandlik moddasini sotish maqsadida olib ketayotgan Urgut shahrida yashovchi fuqaro M.A. qo‘lga olingan bo‘lsa, Urgut shahrida yashovchi fuqarolar - G.M., M.R., Jomboy tumanida yashovchi fuqaro M.X. 5 gramm “geroin” va 3 gramm “opiy” giyohvandlik moddalari bilan ushlandi.

Shuningdek, ilgari giyohvandlik moddalarini sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan fuqarolar - X.A., Z.S.ning Urgut tumanidagi hovlisida 92 gramm “opiy” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

Bundan tashqari, Samarqand shahrida yashovchi fuqarolar A.T., G.Z., R.E., X.A., Urgut tumanida yashovchi U.B. 402 dona “Tramadol” narkotik moddasi va 1120 dona “regapen” psixotrop dori vositalari bilan qo‘lga olindi.

Hozirda aniqlangan barcha holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.