Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda bir haftada haydovchilarning 5194 ta qoidabuzarlik sodir etgani aniqlandi

Samarqand viloyati IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan joriy yilning 6 dekabridan 12 dekabrigacha o‘tkazilgan tadbirlar davomida haydovchilarning 5194 holatda qoidabuzarlik sodir etganligi aniqlandi.

Shundan 2460 tasi qo‘pol qoidabuzarliklardir. Jumladan, mast holda avtomobil boshqarish 78 ta, qarama-qarshi harakatlanish 15 ta, svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanish 111 ta, yo‘lovchi tashish qoidasini buzish bo‘yicha 677 ta holatlar kuzatildi. Shuningdek, quvib o‘tish qoidasini buzish bo‘yicha 498 ta, tegishli hujjatlarsiz avtomashina boshqarish 135 ta, telefondan foydalanish 73 ta, yo‘l-patrul xizmati xodimiga bo‘ysunmaslik bo‘yicha 11 ta qoidabuzarliklar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.
Yo‘l intizomni yoqtiradi. Shunday ekan, har bir fuqaro - u xoh haydovchi bo‘lsin, xoh piyoda xushyor bo‘lishi kerak!

Viloyati IIB YHXB axborot xizmati.