Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda bo‘ladigan ozodalik hasharidan chetda qolmang

Keyingi kunlardagi surunkali yog‘ingarchilik natijasida ko‘cha va xiyobonlar, ariqlar, irrigitsiya tarmoqlarida to‘planib qolgan turli chiqindilar atrof-muhit tozaligiga rahna solmoqda.

Dunyo nigohida turizm markaziga aylanib borayotgan viloyatimizning obod va orastaligi, tozaligi uchun har birimiz mas’ul ekanligimizni unutmaylik.

Viloyatimiz ahlini, mahallalar, tashkilot va muassasalar xodimlarini shu yilning 27-28 aprel kunlari o‘tkaziladigan hasharda faol ishtirok etib, o‘z xonadonlari, tashkilot va muassasalari hududi tozaligini ta’minlashda munosib hissa qo‘shishga chaqiramiz.

Xalqimizning boqiy qadriyatlaridan biri bo‘lgan hashar orqali Samarqandni obod va ko‘rkam maskanga aylantirishga o‘z hissamizni qo‘shaylik!

Xayrli ishdan chetda qolmang!