Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda bugun nechta tadbirkor bor? Kichik sanoat zonalarida qancha yangi ish o‘rinlari yaratiladi?

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 65-sessiyasida ta’kidlanishicha, bugun  viloyatda 24433 nafar yuridik shaxslar, 32083 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyat yuritmoqda.

Joriy yilning 1 sentyabr holatiga 5955 ta yuridik korxona yangidan tashkil etilgan. Bu raqam o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ikki barobarga oshganligini ko‘rsatmoqda.

Shu yilning 1 iyul holatida faoliyat ko‘rsatmagan, faoliyatini tiklash imkoni bo‘lmagan 650 ta tadbirkorlik sub’yektlari davlat reyestridan chiqarilgan va 359 tasining faoliyati qayta tiklangan.

Viloyatning 14 hududida tashkil etilgan 19 ta kichik sanoat zonalaridagi tadbirkorlik sub’yektlariga jami 115,8 gektar yer maydoni ajratilgan. Ularda ayni paytda 87 nafar tadbirkorlar tomonidan qiymati 67 million AQSh dollari miqdoridagi 96 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalar asosida 2,5 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.