Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan 13 ta holat aniqlandi

Xabaringiz bor, joriy yilning 14 mart kunidan 18 mart kuniga qadar Samarqand viloyatida tezkor-kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash maqsadida keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Viloyat IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tadbir davomida jami 357 nafar shaxslarning xonadonlari ko‘zdan kechirilganda giyohvandlik vositalari bilan noqonuniy muomala qilish bilan bog‘liq 13 ta holat aniqlandi:

5 gramm “Opiy”;

100 gramm “Gashish”;

9 gramm “Ko‘knori”;

372,14 gramm “Marixuana” giyohvandlik moddalari;

7 tup “Kannabis”.

Shuningdek, 38 dona tarkibida giyohvand moddalari bor-yo‘qligini aniqlash maqsadida tabletkadagi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.