Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda ham mushakbozlik bo‘ladi

Mustaqilligimizning 28 yilligi munosabati bilan 2019 yil 1 sentyabr kuni soat 21:00 da shaharning Ibn Sino ko‘chasida (mo‘ljal “Regal” avtosaloni va TATU Samarqand filiali) mushaklar sayli bo‘ladi. Shuningdek, bu tomoshani Siyob bozor ko‘prigi va tramvaylar aylanib o‘tadigan maydondan ham kuzatsa bo‘ladi.

Barcha samarqandliklarni mushaklar tomoshasiga taklif qilamiz.