Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda “Hududgazta’minot” filialiga yana bir tadbirkordan yirik miqdordagi qarz undirib berildi

Qarz miqdori 138 million so‘mni tashkil etadi. Bu haqda zarnews.uzga Majburiy ijro byurosi Ishtixon tumani bo‘limi xabar qilgan.

Ma’lum qilinishicha, Ishtixon tumanlararo iqtisodiy sudining qarzdor “Tayloq universal servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati (g‘isht ishlab chiqaruvchi korxona)dan undiruvchi foydasiga qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Ishtixon tuman bo‘limi ijro ish yurituviga kelib tushgan.

Shu kunning o‘zida ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxalari tomonlarga yuborilgan.

Ijro harakatlari davomida “Tayloq universal servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatining bank hisob-raqamlarining chiqim qismiga band solingan va unga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida mutasaddi idoralarga so‘rov xatlari yuborilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida MChJ to‘rt bo‘lib 138 million so‘m pulni “Hududgazta’minot” AJ Samarqand filiali hisob-raqamiga o‘tkazib bergan.