Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda ilk bor tog‘ va sport turizmi festivali o‘tkazildi

Yoshlar o‘rtasida ilk bor ekstremal va tog‘ turizmi festivali hamda sport sayyohligi yo‘nalishida O‘zbekiston chempionati tashkil etildi. Unda respublikamiz bo‘yicha yuz nafardan ortiq yoshlar o‘z mahoratlarini namoyish etdi.

Qatnashchilar topografik xarita bo‘yicha belgilangan manzilni topish, arqonni turlicha bog‘lash, arqon orqali tik qoyaga chiqish shartlari bo‘yicha bellashdi.

Samarqand tumanidagi “Oq bo‘yra turizm maskani”da yakuniga yetgan festifalda viloyat hokimining o‘rinbosari B.Nurullayev barcha ishtirokchilarga minnatdorlik bildirdi. Bu kabi festivallar aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda ichki turizimni jonlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

G‘olib va sovrindorlarga diplom hamda esdalik sovg‘alari toshirildi.

Viloyat turizmni rivojlantirish deportamenti axborot xizmati.