Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda koronavirus bilan bog‘liq bugungi vaziyat qanday?

2021 yil 15 mart holati bo‘yicha Samarqand viloyatida koronavirus infeksiyasi kasalligiga chalingan bemorlar aniqlangani yo‘q. Viloyatimizda holat barqaror. Ko‘ngilli fuqarolar bepul test (PZR) tahlili asosida surtma topshirishlari mumkin.

Shunday bo‘lsa-da, ko‘cha-ko‘yda, jamoat joylarida fuqarolarimiz niqobsiz yurmasligini so‘rab qolamiz.

Shuningdek, koronavirus infeksiyasiga qarshi Buyuk Britaniya brendi asosida Hindistonda ishlab chiqarilgan “AstraZeneca” vaksinasi bilan emlash ishlari boshlanish arafasida turibmiz.

Samarqand viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi fuqarolarni yana bir bor hushyorlikka chorlaydi. Jamoat hamda ish joylarida tibbiy niqobni doimiy tarzda taqib yurishga, ijtimoiy masofani saqlash, qo‘llarni muntazam ravishda yuvib turish, antiseptik vositalardan tez-tez foydalanib turish kabi kundalik odatlarni kanda qilmaslikka chaqiradi.

Aziz yurtdoshlar!
O‘zingiz va yaqinlaringizni asrang!
Salomatligingiz o‘z qo‘lingizda!

Yulduz Obloqulova,

Samarqand viloyat sanitariya-epidemilogik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi xodimi.