Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda “Nihol-2021” mukofoti tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi

Unda yosh san’atkorlar beshta nominatsiya – estrada, musiqa, mumtoz qo‘shiq, opera ijrochiligi va raqs san’ati bo‘yicha bellashdilar.

Hakamlar hay’ati xulosalariga ko‘ra, Nurobod tumanidan Alimardon Mo‘minov, Samarqand tumanidan Dilshod Fozilov, Kattaqo‘rg‘on shahridan Malika Akmaljonova hamda Jomboy tumanidan Dinara Husainova va Nozanin Elbekovalar faxrli I o‘rinlarni egalladi va tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Samarqand viloyati madaniyat boshqarmasi axborot xizmati.