Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda o‘tgan yili yo‘l transport hodisalari 2021 yilga nisbatan 2,2 foizga ortgan

Viloyat IIB YHXBdan olingan ma’lumotga ko‘ra, 2022 yilda viloyat bo‘yicha 1154 ta yo‘l-transport hodisalari qayd etilgan (2021 yilda bu raqam 1129 ta bo‘lgan).

Shundan tan jarohati bilan bog‘liq YTHlari 3,2 foizga yoki 27 taga (849-876), ularda tan jarohati olganlar soni 11,8 foizga yoki 118 taga (1003-1181) oshgan.

O‘z navbatida o‘lim bilan bog‘liq YTHlari 2 ta (280-278), halok bo‘lganlar soni 5 ta (335-330);

Bolalar ishtirokidagi YTHlari soni 3 ta (236-233), ularda halok bo‘lgan bolalar soni 2 ta (54-52) kamaygan.