Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda otorinolaringologlarning xalqaro anjumani o‘tkaziladi

Samarqandda xalqaro doiradagi «Otorinolaringologiyaning zamonaviy muammolari» mavzusida VI Yevroosiyo otorinolaringologlar assambleyasi ochilishi ko‘zda tutilgan.

Assambleyaning tantanali ochilish marosimi joriy yilning 27 sentyabr kuni soat 10.00 da Samarqand davlat tibbiyot institutining madaniyat saroyida o‘tkaziladi.

Soha mutaxassislari va qiziquvchilarni ushbu anjumanga taklif etamiz.