Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda “Ozarbayjon kinosi kunlari” o‘tkaziladi. Tomoshalar bepul!

Shu yilning 21-28 sentyabr kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida “Ozarbayjon kinosi kunlari” o‘tkaziladi. Bu haqda “O‘zbekkino" milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda ozarbayjonlik kinoijodkorlardan iborat bir guruh delegatsiya vakillari ishtirok etadi. Kino kunlari doirasida ozarbayjonlik kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan badiiy va hujjatli filmlar namoyishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan 23 sentyabr kuni soat 16:00 da Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli kinosaroyda tadbirning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Samarqand shahridagi "Sharq yulduzi" kinoteatrida namoyish etiladigan seanslar vaqti:

25 sentyabr

15:00 - “Ozarbayjon kinosi kunlari” tadbirining ochilishi marosimi.

15:30 - “Boku vaqt ko‘zgusida” hujjatli filmi namoyishi (rejissyor Natalya Zavoznenko).

17:00 - “Stepnyak” badiiy filmi namoyishi (rejissyor Shomil Aliyev).

26 sentyabr

17:00 - “O‘n alloma” hujjatli filmi namoyishi (rejissyor Odil Ozoy).

15:30 - “Anorzor” badiiy filmi namoyishi (rejissyor Ilg‘or Najaf)

Eslatma: Barcha seanslarga kirish BEPUL!