Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda qancha pedagog attestatsiya test sinovlaridan o‘tdi?

2021 yilning mart-aprel oylarida Samarqand viloyatida pedagog kadrlarning malaka toifasini yaxshilash maqsadida attestatsiya test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
Attestatsiya yakunlari ko‘pchilikni qiziqtirayotgani bois shu savol bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Samarqand viloyat bo‘limiga murojaat qildik.

Inspeksiya boshlig‘i G‘ayrat Boboxolovning aytishicha, bu yilgi attestatsiya jarayonida oliy toifaga o‘tgan o‘qituvchilar ko‘p. Umumiy natijalar, 15 434 nafar pedagogning qanchasi toifa olgani haqidagi ma’lumotlar viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan taqdim etilar ekan.

Attestatsiya o‘tdi, lekin bu jarayonda turli gap-so‘zlar ham bo‘ldi. Mas’ullar bu yilgi attestatsiya yakunlari haqida tahliliy ma’lumot bersa maqsadga muvofiq bo‘larmidi. Balki inspeksiya va viloyat xalq ta’limi boshqarmasi birgalikda matbuot anjumani tashkil etib, ko‘pchilikni qiziqtirayotgan savollarga javob berar...