Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda qishda elektr ta’minoti uzluksiz bo‘ladimi?

Viloyat iste’molchilariga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish, energetika tizimini kuz-qish mavsumida bir maromda ishlashini ta’minlash maqsadida bir qator ishlar qilinmoqda.

Xususan, belgilangan reja asosida elektr tarmoqlari va transformatorlarni mukammal va joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Biroq birgina bu ishlar bilan masalani ijobiy hal qilib bo‘lmaydi.

Jumladan, viloyatda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash uchun sutkasiga 17 ming MVt elektr energiyasi hamda shu bilan birga 150 ta transformator punktlari, 600 kilometr SIP kabel, 5000 dona beton ustunlar va 120 tonna transformator yog‘i talab etiladi.

Kuz-qish mavsumida elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha mavjud muammolarni bartaraf etish uchun 50 ta transformator punktlari, 200 kilometr SIP kabel, 2000 dona beton ustunlar va 120 tonna transformator yog‘i hamda hududlarda qurilish-montaj ishlarini amlga oshirish uchun 2 ta avtokran, 3 ta trayler, 2 ta manipulyator, 5 ta yamobor texnikalari zarur.