Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda “Saylovlar: g‘alaba strategiyasi va taktikasi” mavzusida o‘quv-seminar ish boshladi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyati kengashi tomonidan tashkil qilingan seminarda mamlakatimiz saylov qonunchiligidagi islohotlar, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi, saylov kampaniyasi strategiyasini ishlab chiqishda jahon tajribalariga doir taniqli siyosatchi olimlarning ma’ruzalari tinglandi.

“Kuzatuvchilarning huquq va majburiyatlari”, “Saylovga doir PR-texnologiyalardan foydalanish”, “Debat va bahs-munozaralarda o‘zini tutish qoidalari” mavzularida amaliy mashg‘ulotlar uyushtirildi.

Baxtigul QARShIYeVA.