Samarqandda sport spartakiadasi boshlandi
- 13.02.2024 15:59
- 60
- Sport
![](https://static.zarnews.uz/crop/3/7/720__80_37e8e7b407da19473180c02e50853253.jpg?img=self&v=1707822052)
Bugun «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»ga bag‘ishlab huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, harbiy xizmatchilar hamda sport federatsiyalari terma jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladigan viloyat spartakiada musobaqalariga start berildi.
Musobaqalar boshlanishi munosabati bilan tashkil qilingan tadbirda viloyat hokimi E.Turdimov ishtirok etdi.
Viloyat hokimi o‘z so‘zida mamlakatimizda sportga bo‘lgan e’tibor oshayotgani, turli sport musobaqalari tashkil etish aholi, ayniqsa, yoshlarning sog‘lom voyaga yetishida muhim omil bo‘layotganini ta’kidlab, barcha qatnashchilarga omad tiladi.
Ma’lumot o‘rnida: ishtirokchilar voleybol, basketbol, futzal, shaxmat, erkin kurash, yengil atletika, stol tennisi, suzish va o‘q otish singari 9 ta sport turi bo‘yicha kuch sinashadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Dunyodagi eng keksa odam aniqlandi
- Kecha, 20:07
- O'qing, qiziq!
Aholining psixologlarga ehtiyoji oshyapti
- Kecha, 19:56
- Jamiyat
Mehring buncha issiq, Samarqand?
- Kecha, 15:30
- Mutolaa