Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda tibbiy muassasalarga 1 milliard 210 million so‘mlik asbob-uskunalar berilgan

“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturiga asosan ana shunday ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilgan.

Viloyat hokimligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, davlat dasturi asosida tibbiy xizmat sifatini yaxshilash va ko‘lamini kengaytirish maqsadida qator loyihalar amalga oshirilgan. Xususan, birgina “Salomatlik 3” loyihasi doirasida tibbiyot muassasalariga o‘tgan davr mobaynida 1 milliard 210 million so‘mlik tibbiy asbob-uskunalar yetkazib berilgan.

Shuningdek, viloyat nogironlarni reabilitatsiya qilish markazi Xitoy Xalq Respublikasining davlat granti asosida 1 million 238 ming AQSh dollari qiymatidagi 34 turdagi tibbiy apparatlar bilan ta’minlangan. Loyiha doirasida 0,3 tesla quvvatdagi MRT apparati, raqamli rentgen, UTT, EEG, EKG apparatlari hamda laboratoriya keltirilgach jarrohlik xonalari to‘liq zamonaviy tibbiy uskuna va jihozlarga ega bo‘lgan.