Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda Yahudiylar qabristoni obod qilindi

Samarqand shahridagi Yahudiylar qabristonida xotira yodgorlik majmuasi ochildi.

Yahudiylar qabristonining 185 yilligi hamda ibodatxonaning 85 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda AQSh, Kanada, Isroil, Rossiya, Avstriya, Germaniya va Avstraliyadan 300 ga yaqin Buxoro-yahudiy diasporasi vakillari ishtirok etdi.

Marosimda Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov, AQSh va Kanada Buxoro yahudiylari kongresi raisi B.Kandov, Isroilning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Eduarda Shapiro va boshqalar mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elatlar qatorida 4 mingdan ortiq yahudiylar ahil-inoq istiqomat qilayotganligini ta’kidlab, mazkur maskanning obod bo‘lishiga hissa qo‘shganlarga minnatdorlik bildirdi.