Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda yangi AMBASSADOR M diagnostika markazi ish boshladi

Samarqand shahridagi Spitamenshoh ko‘chasida AMBASSADOR M  diagnostika markazi o‘z faoliyatini boshladi. Markazda malakali shifokor mutaxassislar tomonidan 100 ga yaqin tahlil amalga oshirilib, bemorlarga zarur tavsiyalar beriladi. Markaz o‘ta zamonaviy innovatsion tibbiy texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, statsionar muolajalar uchun ham shart-sharoit yaratilgan.
Shuningdek, markaz O‘zbekistonda uchraydigan tabiiy biologik faol qo‘shimchalardan iborat mahsulotlarni ishlab chiqaradi va realizatsiya qiladi.

Markazning ochilish marosimida Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Gavhar Alimova ishtirok etdi.