Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda yil yakunigacha nechta ko‘cha asfalt bo‘ladi?

Viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Akbar Mirzayevning jurnalistlarga bergan ma’lumotiga ko‘ra, yil so‘ngiga qadar viloyatda jami 340 kilometr yo‘l qurilishi ko‘zda tutilgan.

Shundan 156 kilometri asfalt, 75 kilometr sementbeton qoplama, 108 kilometr tosh-shag‘al yo‘ldan iborat. Mazkur ob’yektlarda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

Umuman, joriy yilda viloyatda rejadagi 95,4 kilometr avtomobil yo‘llarining 58,4 kilometrida ta’mirlash ishlari yakunlangan. Jumladan 19 kilometr umumfoydalanishdagi avtomobil yo‘llari, Samarqand shahrining 40 kilometrlik markaziy ko‘chalari ta’mirlangan. Bittadan, ko‘prik, yo‘l o‘tkazgich, tonnel qurilgan. Bitta yo‘l o‘tkazgich ko‘prigi qayta ta’mirdan chiqarilgan.

O‘tgan yili viloyatdagi qariyb 933 kilometr ichki yo‘llar ta’mirlangan bo‘lsa, 2022-2026 yillarga mo‘ljalangan dasturga asosan joriy yilda 1 370 kilometr yo‘llar ta’mirlanishi ko‘zda tutilgan.