Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda yosh qizni fohishalik maqsadida sotmoqchi bo‘lgan qo‘shmachi ayol qo‘lga olindi

Samarqand viloyati IIB tezkor hodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Oqdaryo tumani, Dahbed shaharchasida yashovchi, 1963 yilda tug‘ilgan A.Yu. ismli ayol Qo‘shrabot tumani Mingtepa mahallasida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan A.J.ni Tailand davlatiga yuborish va undan shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun A.A. ismli ayoldan 1.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan A.Yu.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.