Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqanddagi 249 ta maktab milliy reytingda ishtirok etadi

Viloyatdagi 249 ta maktab Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan milliy reyting sinovlarida ishtirok etmoqda. Bu haqda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ayni paytga qadar inspeksiya tomonidan ushbu maktablarning 10 foizi (125 tasi)da 9-sinf o‘quvchilaridan matematika fanidan yozma ish, ona tili fanidan diktant olindi. Shuningdek, o‘quvchi va o‘qituvchilardan olinayotgan so‘rovnoma orqali maktabdagi ta’lim sifatiga aniqlik kiritildi.

Endilikda ushbu jarayonlar joriy yilning 17-20 aprel kunlari davom etadi va tasodifiy tarzda tanlab olingan yana 124 ta (10 foiz, ya’ni milliy reytingda viloyatdagi 20 foiz maktab jalb etilishi belgilangan) maktabda xuddi shunday sinov va so‘rovnomalar o‘tkaziladi.

Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Qo‘ldosh Saidov rahbarligida o‘tkazilgan onlayn seminarda milliy reytingda ishtirok etadigan maktablarning vazifalari xususida tavsiyalar berildi, deyiladi xabarda.