Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqanddagi harbiy qismda harbiy texnikalar va jangovar qurollar ko‘rgazmasi o‘tkazildi

 “Vatanparvar” tashkiloti Samarqand viloyat kengashi tashabbusi bilan Samarqand shahridagi harbiy qismda  “Biz - vatanparvarlarmiz” shiori ostida ko‘rgazmali tadbir o‘tkazildi.

Prezidentimizning 2018 yil 12 dekabrdagi “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan tadbirda dastlab yoshlarning harbiy sohaga qiziqishini oshirish, ularda g‘urur-iftixor tuyg‘usini yuksaltirishga qaratilgan fikrlar bildirildi.

Tadbirning keyingi bosqichida ishtirokchilar uchun zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslahalar hamda «Vatanparvar» tashkiloti tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.