Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqanddagi qurilish korxonasi nega 60 million so‘m penya to‘laydi?

Bugun hovli-joylar buzilib, ularning o‘rniga ko‘p qavatli uylar qurilayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Ammo ayrim hollarda uy-joylari bilan birga huquqlari ham buzilgan fuqarolar uchrab turibdi.

Islom Abdiyev ham ana shunday ko‘rgilikni boshidan o‘tkazdi. U dastlab (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) qurilish korxonasi bilan ko‘p qavatli uy-joyning barpo etilishiga ulush qo‘shish haqida shartnoma tuzgan.

Unga ko‘ra, qurilish korxonasi tomonidan I.A.ga tegishli uy-joy uchun tovon tariqasida quriladigan zamonaviy turar joy kompleksining 3-qavatidan 2 ta uch xonali va 1 ta bir xonali hamda shu uyning 7-qavatidan 1 ta bir xonali berilishi kerak bo‘lgan. Ya’ni, qurilish korxonasi jami 8 xonadan iborat, umumiy maydoni 372,15 kvadrat metr, shundan yashash maydoni 255,24 kvadrat metr bo‘lgan 169, 171, 174 va 195-raqamli 4 ta xonadonni to‘liq bitkazgan holda I.Abdiyevga xususiy mulk sifatida berishga kelishgan.

Taraflar o‘rtasida tuzilgan shartnomaning 1.5-bandiga ko‘ra, qurilish ob’yektini davlat qabul komissiyasiga topshirish muddati 2017 yil 4 chorak, deb belgilangan.

Shartnomaning 3.1-bandida davlat qabul komissiyasi tomonidan ob’yektni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi tasdiqlangan kundan 3 oylik muddat ichida qurilish korxonasi mulk huquqini Samarqand shahar kadastr idorasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun topshirish majburiyati ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra, qurilish korxonasi xonadonlarni I.A.ga 2018 yil 1 aprel kuni topshirish majburiyati yuzaga kelgan. Ammo javobgar tomonidan bugungi kunga qadar bajarilmagan.

Taraflar o‘rtasida tuzilgan shartnomada taraflarning penya to‘lash majburiyati ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, yuqorida qayd etilgan qonun talabidan kelib chiqib, fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudi kassatsiya instansiyasining ajrimi bilan I.A. foydasiga qurilish korxonasidan 60 million so‘m undirilish belgilandi.