Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqanddagi yirik tekstil korxonasi Toshkent shahridagi MChJga 262 million so‘mdan ko‘proq to‘ladi

Samarqand Kamalak Invest tekstil

Ishdagi hujjatlarga ko‘ra, “Samarqand Kamalak Invest tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan 116 million 756 ming, qo‘shimcha javobgar “Kamalak agrobioximiya ta’minot” unitar korxonasidan 145 million 892 ming so‘m undirilishi kerak bo‘lgan.

Ya’ni, Toshkent shahridagi “Asaka Trans lizing” mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga jami 262 million 649 ming so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjatlari yuzasidan ijro ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risida qarorlar qabul qilinib, qarzdorga topshirilgan va ijrosini ta’minlash uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor “Samarqand Kamalak Invest tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbarlari bilan tushuntirish ishlari o‘tkazilgan. Shundan so‘ng qarzdor tomonidan 262 million 649 ming so‘m qarzdorlik ixtiyoriy muddatda to‘lab berildi.

Majburiy ijro byurosi Past Darg‘om tumani bo‘limi.