Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqanddan Toshkentga ketayotgan "Epica" Jizzaxda yonib ketdi

Bugun, 9 dekabr kuni soat tonggi 05:50 larda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan yo‘lda ayanchli YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Hodisa M39 avtomobil yo‘lining 985-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchi, 1993 yilda tug‘ilgan R.K. "Epica" rusumli avtomobilda "Samarqand-Toshkent" yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga borib urilishi oqibatida avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Avtomobil to‘liq yong‘indan zararlangan.

Hodisa natijasida vafot etgan yoki tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan tuman IIB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.