Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandga Xitoy delegatsiyasi keldi

 Samarqandga “Xinjiang Hualing Industry & Trade (Group) Co. Ltd.” kompaniyasi prezidenti Mi En Xua boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

 Samarqand xalqaro aeroportida mehmonlarni viloyat hokimi E.Turdimov kutib oldi.

 PS: Bugun Xitoy Xalq Respublikasining barcha provinsiyalarida koronavirus kasalligi qayd etilgan, ushbu mamlakat fuqarolari og‘iz-burunlariga niqob taqib yurgani holda yurtimizga kelgan mehmonlar yuzida niqob yo‘q. Mezbonlar ham xitoyliklarni niqob bilan emas, ochiq chehra, yuksak samimiyat bilan kutib oldi. Bu – O‘zbekiston. Bu – o‘zbekona mehmondo‘stlik.