Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandlik haydovchining avtomashinasidan 28 ta gugurt qutiga joylangan giyohvandlik vositalari topildi

20 iyun kuni taxminan soat 22.00 da “Erkin” YPX postida Toshkent shahar IIBB xodimlari maxsus “Qoradori-2021” tadbiri davomida poytaxtga kirmoqchi bo‘lgan “Lacetti” avtomobili to‘xtatildi.

Tekshiruv natijasida transport vositasining salonidan 28 ta gugurt qutisida quritilgan o‘simliksimon o‘ziga xos hidli modda topilib, xolislar guvohligida olib qo‘yildi.

Avtomobil haydovchisi - Samarqand viloyatida, 1983 yilda tug‘ilgan Obid S. ismli fuqaro. U Chilonzor tumani IIO FMBga yetkazildi.

Mazkur fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda tergov olib borilmoqda.