Samarqandlik paxtakorlar respublikada birinchi bo‘ldi
- 29.10.2022 12:38
- 218
- O‘zbekiston
Viloyatdagi klaster korxonalari va fermerlar bu yil 72 951 gektar maydonda dehqonchilik qilib, 255,8 ming tonnadan ortiq “oq oltin” terib, respublikamizda birinchilar qatorida ko‘zlangan marraga yetishdi.
Terim ishlarida 129 mingdan terimchi va 30 dan ortiq terim mashinalari qatnashdi. Mavsum davomida har bir terimchi o‘rtacha 52,5 kilogramdan xomashyo tergan bo‘lsa, yig‘ishtirilgan hosilning 62 ming tonnadan ortig‘i terim mashinalari yordamida terildi.
Ahamiyatlisi, 2021 yilda viloyat bo‘yicha gektaridan 32 sentnerdan hosildorlik kuzatilgan bo‘lsa, 2022 yilda bu ko‘rsatkich gektariga 34,6 sentrnerga yetdi. Paxtachi, Payariq, Past Darg‘om tumanlaridagi bittadan klaster korxonasida hosildorlik gektariga 50-55 sentnerni tashkil etmoqda. Dalalarda hosil hali borligi va terim ishlari davom etayotganini hisobga olsak, hosildorlik yanada ortishi mumkin.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Milliy kurashni rivojlantirishga e’tibor kerak
- Bugun, 15:17
- Sport
Bergan ham, olgan ham jazolanadi
- Bugun, 10:25
- Jinoyat va jazo