Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandlik shifokorlar qalqonsimon bez kasalliklarida uchraydigan ilk jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi

Viloyat endokrinologiya dispanserida uchta yangi - endokrin jarrohlik, intensiv davolash va reanimatsiya hamda bolalar endokrinologiyasi bo‘limlari ish boshlaganiga hali ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da, shifokorlar bemorlarda ilk jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga qaror qildi.

Dispanserga og‘ir qalqonsimon bez kasalliklari bilan murojaat qilgan ikki nafar bemorda olib borilgan jarrohlik amaliyotlari A.Qodirov, U.Teshayev, Yo.Rajabov hamda A.Do‘stmurodov kabi tajribali shifokorlar tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

- Shu paytgacha bu kabi jarrohlik amaliyotiga muhtoj bemorlarni Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga yuborishga majbur bo‘lardik, - deydi dispanser bosh shifokori Gulzoda Negmatova. - Yangi bo‘limlar ishga tushgach, bemorlarni shu yerning o‘zida jarrohlik yo‘li bilan davolab, oilasi bag‘riga qaytarish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ya’ni, bu bo‘limlarga xorijda malaka oshirib kelgan shifokorlarni jalb etdik. Endi bemorlarimizning Toshkentga borib davolanishlari, uzoq yo‘l bosishlariga hojat qolmadi.

Jarrohlik amaliyotlarimizdan so‘ng bemorlarning ahvoli yaxshi. Ular orttirgan jarohatlaridan forig‘ bo‘lishmoqda.

Dilmurod TO‘XTAYeV.