Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandlik talabalar Tojikistonda

Tojikistonning Panjikent shahrida fors-tojik adabiyotining buyuk namoyandasi Abu Abdulloh Rudakiy tavalludining 1161 yilligiga bag‘ishlangan «Rudakiy hikmatlari» xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda “Rudakiy: mumtoz va zamonaviy adabiyot”, “Ajam xalqi va X-XII asrda uyg‘onish davrining muhim xususiyatlari”, “Rudakiy va fors-tojik adabiyoti”, “Dunyo va Tojikistonda rudakiyshunoslik” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Anjuman doirasida Tojikiston pedagogika instituti va Samarqand davlat chet tillar instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

“Buyuk Ipak yo‘li” mavzusida hunarmandlar va rassomlar ko‘rgazma tashkil etildi.

G.AZIZOVA.