Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandlik xotin-qizlarga 7 milliard 521,3 million so‘m kredit berilgan

Yilning o‘tgan davrida Mikrokreditbank hamda Xalq bankining filiallari orqali 348 nafar xotin-qizlarga 7 milliard 521,3 million so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan.

Joriy yilning 6 oy davomida 858 589 nafar  yoki 90,2 foiz tug‘ruq yoshidagi xotin-qizlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ko‘rik natijasida ularning 36,8 foizida ekstragenital kasalliklar aniqlanib, ambulator va shifoxona sharoitida sog‘lomlashtirilgan.

Bu kabi chora-tadbirlar natijasida tug‘ma nuqsonlar bilan tug‘ilgan bolalar soni o‘tgan yilga nisbatan 37 nafarga kamaygan.

Bundan tashqari, 120 nafar og‘ir turmush sharoitida yashaydigan va nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar ro‘yxati shakllantirilib, xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash fondi tomonidan ularga uy-joy olishlari uchun 10 foizli boshlang‘ich to‘lovlari to‘lab berilgan.

Shuningdek, qayd qilingan fond mablag‘lari hisobidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga 160 ta nogironlik aravachasi, 160 ta eshitish moslamasi va 160 ta boshqa reabilitatsiya vositalari ajratilgan.