Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandlik yoshlar basketbol bo‘yicha O‘zbekiston chempioni bo‘ldi

Samarqand shahrida sportning basketbol turi bo‘yicha 2004-2005 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.

Unda Samarqand, Namangan, Xorazm, Sirdaryo, Toshkent va Navoiy viloyati jamoalari g‘oliblik uchun bahslashdi.

Musobaqa natijasiga ko‘ra, Samarqand jamoasi 10 ochko to‘plab chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, namanganliklar 9 ochko bilan ikkinchi, Toshkent viloyati jamoasi 8 ochko bilan uchinchi o‘ringa ega chiqdi.

Yakunda peshqadam va g‘olib jamoalarga tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.

***


O‘zbek jang san’ati
Sportning o‘zbek jang san’ati turi bo‘yicha bolalar va o‘smirlar o‘rtasida viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyatimizning shahar va tumanlaridan 200 ga yaqin sportchilar 30 vazn toifasida bellashdi.

Viloyat chempionligini qo‘lga kiritgan sportchilar aprel oyida bo‘lib o‘tadigan respublika chempionatining saralash bahslariga yo‘llanma oldi.

***


Mini-futbol

Samarqand shahrida mini-futbol bo‘yicha imkoniyati cheklangan yosh sportchilar o‘rtasida viloyat birinchiligi o‘tkazildi.

Musobaqada shahar va tumanlardan sakkiz jamoa qatnashdi.

Yakunda kattaqo‘rg‘onliklar birinchi, Payariq tumani jamoasi ikkinchi va bulung‘urliklar uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari berildi.