Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandliklar o‘z ulug‘larini ulug‘lashni biladi

Kecha «Sharq taronalari» XII xalqaro musiqa festivali sabab dunyoning 80 ga yaqin mamlakatlaridan tashrif buyurgan mehmonlarni munosib kuzatgan, bugun esa eng ulug‘ va eng aziz bayram – davlat mustaqilligining 28 yilligini nishonlayotgan xalqimiz o‘z qahramonini qanday e’zozlash kerakligini ham namoyish etmoqda.

Shu kunlarda Samarqand shahri ko‘chalaridagi reklama pannolarida Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan “O‘zbekiston Qahramoni” unvoniga sazovor bo‘lgan hamyurtimiz Hasan Normurodovning suratlari aks ettirilishi xalqimizning buyuk farzandlariga bo‘lgan ehtiromi, hurmati ifodasidir.