Samarqandning jajji yulduzi
Shabnam Toshkentova 2009 yil Samarqand shahrida tug‘ilgan. San’atning fartopianino, dutor, xonandalik yonalishlariida tahsil olib kelmoqda.
U Prezidentimizning “Besh muhim tashabbus” dasturi doirasida o‘tkazilgan “Musiqa va san’at”, “Kitobxonlik” tanlovlari, “Kamalak yulduzlari”, “Yoshlar ovozi”, “Bolalar ijodiyoti” kabi festivallar g‘olibi va sovrindori bo‘lgan. Shuningdek, matematika va informatika fanlaridan o‘tkazilgan olimpiadalarda ham faol ishtirok etib kelmoqda.
- Qizim juda intiluvchan va san’atga ko‘proq mehr qo‘ygan, - deydi Shabnamning otasi Shahriyor Normurodov. – Kelajakda xonanda bo‘lmoqchi va shu bilan birga, qo‘lida hunari bor - gullar yasaydi, bo‘sh vaqtida til o‘rganyapti, kitob muiolaa qiladi, kompyuter to‘garagiga qatnashadi. Yaqinda “Zulfiya” nomidagi davlat mukofitiga nomzod sifatida qatnashib, viloyat bosqichiga ham yo‘llanma oldi. Rosti, qizim yosh bo‘lishiga qaramay, ko‘pgina yutuqlarga erishayotganidan faxrlanaman va farzandimning kelajagi uchun barcha sharoitlarni yaratib beraman.