Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandning mustaqillikka tengdosh, yosh hokimi yurt fidoyilarini yo‘qladi

Mustaqillik bayrami munosabati bilan Narpay tumani hokimi Sherzod Rahmonov yurt va xalq uchun fidokorona mehnat qilgan fidoyilarni yo‘qladi.


Tuman jamoatchiligi hamrohligida narpaylik jamoat arbobi Bektosh Rahimov, tumanning sobiq birinchi rahbarlari Normamat Esonov, Inoyat Turopov, Akbar Jamilov, Suyun Razzoqov, Abduhamid Shukrullayev va mohir pedagog Rahmon Mavlonovlarning xonadonlarida bo‘lib, marhumlar haqqiga Qur’on tilovat qilindi.

Shuningdek, Usmon Sharipov, Normamat Toshmatovlar holidan xabar olib, bayram bilan muborakbod etdi.

- Yurtimiz ravnaqi yo‘lida fidoyilik bilan mehnat qilganlarning xotirasi unutilmaydi, - deydi Sherzod Rahmonov. - Ularning ezgu ishlarini o‘rganishga harakat qilamiz. Yangi O‘zbekistonda bugun yosh kadrlarga alohida e’tibor qaratilayotgani, ular har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani bizga kuch beradi.

Shu kuni tuman markazi Oqtosh shahrida balandligi 50 metr, eni 12, bo‘yi 6 metrdan iborat bo‘lgan davlatimiz bayrog‘i ham o‘rnatildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirdan keyin Oqtosh shahri ko‘chalari va tuman bo‘ylab O‘zbekiston ramzi o‘rnatilgan avtomashinalar karvoni harakatlandi.