Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

SamDChTI xodimi 2 ming dollar pora bilan ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda Samarqand davlat chet tillar institutida tyutor vazifasida ishlovchi Sh.T. fuqaro F.ni 3 500 AQSh dollari evaziga qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasasining 1-kursini tugatganligi to‘g‘risida hujjat tayyorlab berish orqali o‘zi ishlayotgan institutning 2-kursiga o‘qishga kiritib qo‘yishga kelishib, oldindan 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.