Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

SamDU amaliy matematika va informatika ta’lim yo‘nalishida eng yuqori ball - 135,8 ni tashkil etdi

Davlat test markazidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 30 iyul kuni test sinovlari matematika, fizika va ona tili va adabiyoti fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha eng yuqori ballar:

a) kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:

O‘zbekiston milliy universitetining 5130100 - Matematika ta’lim yo‘nalishi - 181,6 ball;

b) sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha:

Qarshi davlat universitetining 5110700 - Informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi - 136,6 ball;

v) kechki ta’lim shakli bo‘yicha:

Samarqand davlat universitetining 5130200 - Amaliy matematika va informatika ta’lim yo‘nalishi - 135,8 ball.

Eslatib o‘tamiz bir kun oldin test topshirgan abituriyentlar o‘z ballarini cabinet.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetlariga kirib bilishlari mumkin. Buning uchun pasport seriyasi yoki ID kodni kiritish kerak bo‘ladi.