Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Universitet biologiya fakulteti hovlisida noyob daraxt kesib tashlangani tasdiqlandi

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xabariga ko‘ra, Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti hovli qismida daraxt kesilayotgani haqda boshqarmaga xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Samarqand shahar inspeksiyasi davlat inspektorlari, viloyat IIB, milliy gvardiya xodimlari voqea joyiga borishgan.

“O‘rganish natijasiga ko‘ra, haqiqatda ham Samarqand shahar Universitet xiyoboni ko‘chasi 13-uyda joylashgan Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti hovlisida qurilish ishlari olib borilishi jarayonida diametri 57 santimetr bo‘lgan bir tup yapon saforasi daraxti noqonuniy tarzda tomir qismi bilan yiqitib olinganligi aniqlandi.

  Mazkur holat yuzasidan Samarqand davlat universiteti mas’ul shaxsi M.U.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari (2 million 700 ming so‘m) miqdorida jarima qo‘llanildi va o‘simlik dunyosiga yetkazilgan 14 million 175 ming so‘m moddiy zarar hisoblanib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi”, deyiladi viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xabarida.